Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Vyacheslav Pereteyko Parij-2024 Olimpiadasida hakamlik qiladi

A A A
Vyacheslav Pereteyko Parij-2024 Olimpiadasida hakamlik qiladi

Xalqaro dzyudo federasiyasi (IJF) Hakamlar qo‘mitasi bu borada O‘zbekiston dzyudo federasiyasiga rasmiy maktub yo‘lladi va tegishli sertifikatni taqdim etdi.

Hujjatda aytilishicha, xalqaro toifadagi referi Vyacheslav Pereteyko Parij-2024 Olimpiadasining dzyudo bahslarini boshqarib boruvchi hakamlar ro‘yxatiga rasman kiritilgan.

Ta’kidlash joiz, Vyacheslav Pereteyko IJF bayrog‘i ostida o‘tkazib kelinayotgan musobaqalarda hakamlik qilib, o‘zini ijobiy tomondan namoyon eta oldi. Bu esa o‘z o‘rnida uning hakamlikdagi eng oliy orzusini ro‘yobga chiqardi.

"Qadrli Vyacheslav Pereteyko! Biz sizni olimpiya o‘yinlarida hakamlik qiladigan referilar safidan joy olganingiz bilan tabriklaymiz. Siz bunga o‘z mehnatingiz hamda IJF bayrog‘i ostida o‘tkazilayotgan turnirlardagi muvaffaqiyatli hakamligingiz orqali erishdingiz. Sizga bo‘lajak Olimpiadada ham omad tilaymiz", deyiladi Armen Bagdasarov, Ki-Yong Jeon va Daniel Laskau imzolagan maktubda.

Kiritildi: 23:46 04.05.2024. O'qildi: 1867 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!