Bugun 28 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Volkswagen Xitoyning Shinjon shahridan chiqib, zavodini sotadi

Volkswagen Xitoyning Shinjon shahridan chiqib, zavodini sotadi

Nemis avtomobil giganti VW shirkati Shinjondagi zavodi va sinov yo‘lini «iqtisodiy sabablarga ko‘ra» sotishini aytdi. Xitoy mintaqadagi etnik uyg‘urlardan majburiy mehnatdan foydalanganlikda ayblangan.

Nemis avtomobil ishlab chiqaruvchisi Volkswagen (VW) chorshanba kuni Xitoyning shimoli-g‘arbiy Shinjon mintaqasidagi o‘z faoliyatini sotishini e’lon qildi.

Xitoy mintaqada ko‘plab inson huquqlarini buzishda, jumladan uyg‘urlar va boshqa ozchilik guruhlarini nishonga olgan qayta tarbiyalash lagerlari va majburiy mehnatda ayblangan.

VW mintaqa poytaxti Urumchidagi zavodini va Turpandagi sinov trassasini sotishini aytdi.

Kompaniya vakili qarorning «iqtisodiy sabablarini» keltirdi.

VW 2023 yilda oldingi yillarga qaraganda sekinroq o‘sdi , kompaniya mahalliy raqobatchilardan ortda qoldi.

Shinjondagi inson huquqlari bo‘yicha qanday ayblovlar bor?

Uyg‘ur xalqi Shinjonda istiqomat qiluvchi turkiyzabon va asosan musulmon etnik guruhdir.

Mintaqada etnik qozoq va qirg‘izlar ham yashaydi.

Inson huquqlari tashkilotlari Xitoyni milliondan ortiq odamni, asosan uyg‘urlarni «qayta tarbiyalash lagerlarida» ushlab turishda va mahbuslarni majburiy mehnatdan foydalanishda ayblamoqda.

Kiritildi: 21:36 27.11.2024. O'qildi: 338 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!