Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.
Bu variant avtomobillar eksportini 50 foizga qisqartirish hisobiga ko‘rib chiqilmoqda, bu esa zavodlarda zaxira ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish imkonini beradi. Bundan tashqari, bu Yevropaning qayta qurollanish harakatlari kontekstida juda foydali bo‘ladi.
Ikkinchi Jahon urushi paytida Volkswagen Vermaxtga avtomobil uskunalarini yetkazib bergan.
Avvalroq, Germaniya mudofaa byudjetini sezilarli darajada oshirish maqsadida mamlakat konstitusiyasiga o‘zgartirish kiritishi haqida xabar bergan edik.