Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Vobkentda kanalga tushib ketgan "Cobalt" avtomobili bo‘yicha ma’lumot berildi

Vobkentda kanalga tushib ketgan "Cobalt" avtomobili bo‘yicha ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan Vobkent tumanida "Cobalt" avtomobili kanalga tushib ketganligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.

2021 yil 26 dekabr kuni, Buxoro viloyati, Vobkent tumani FVBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, shu kuni soat 07:00 larda haydovchi, 1997 yilda tug‘ilgan I.X. "Cobalt" rusumli avtomobilda harakatlanayotib, rul boshkaruvini yo‘qotishi oqibatida tuman hududidan o‘tuvchi "Shoxrud" kanaliga tushib ketgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lgan fuqarolar yo‘q.

Voqea joyiga zudlik bilan tuman FVB qutqaruvchilari va tegishli xizmat xodimlari yetib kelgan. Maxsus texnika yordamida transport vositasi kanaldan olib chiqilgan.

Barcha haydovchilardan yo‘llarda ehtiyotkor bo‘lib, qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz.

Kiritildi: 12:21 07.01.2022. O'qildi: 2127 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!