Vladivostokdagi Desantnaya ko‘rfazi hududida ikkita portlash sodir bo‘ldi.
Bu haqda Primorsk o‘lkasi aksilterror komissiyasi ma’lum qildi.
Xabar qilinishicha, barcha oqibatlar bartaraf etilgan, jarohat olganlar va qurbonlar yo‘q.
"Bugun erta tongda Vladivostokda tezkor xizmatlar ma’lumotlariga ko‘ra, Desantnaya ko‘rfazi hududida ikkita portlash sodir bo‘lgan. Voqea joyiga maxsus va favqulodda xizmatlar yetib kelgan. Hodisa sodir bo‘lgan hudud o‘rab olingan, Shamora ko‘rfazi va Shitovaya o‘rtasidagi transport qisman to‘sib qo‘yilgan”, — deyiladi komissiya xabarida.
Boshqa tafsilotlar keltirilmagan.