Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Vladimir Putin Toshkentga yetib keldi

A A A
Vladimir Putin Toshkentga yetib keldi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi.

Vladimir Putinning Il-96 samolyoti  Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.

Rossiya Federasiyasi prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan bog‘liq asosiy tadbirlar ertaga — 19 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, V.Putinning O‘zbekistonga tashrifi hamda uning doirasidagi tadbirlarni yoritish uchun Rossiya Federasiyasidan 27 ommaviy axborot vositasi o‘zining 100ga yaqin jurnalist hamda texnik xodimlari bilan ishtirok etishi kutilmoqda.  Shuningdek, 10 gubernatorning axborot xizmati vakillari qatnashish istagini bildirgan bo‘lsa, mamlakatimizda doimiy akkreditasiyadan o‘tgan 31 jurnalist ham bu jarayonlarni yoritishda ishtirok etadi. 

Tashrif kun tartibidan dolzarb xalqaro masalalar, jumladan, mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash, Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish jarayoniga ko‘maklashish masalalari ham o‘rin olgan. 

Rossiya Federasiyasi prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida ilk bor Ta’lim forumi va "O‘zbekiston – Rossiya" hududlararo hamkorlik forumi o‘tkaziladi, shuningdek, mamlakatimizda atom elektr stansiyasi qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tadi. 

Tashrif asnosida, shuningdek, O‘zbekiston bilan Rossiya hududlari va ishbilarmon doiralari o‘rtasida yirik investisiya va savdo shartnomalarining imzolanishi kutilmoqda.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 00:36 19.10.2018. O'qildi: 1636 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik