Bugun 22 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Vladimir Kozak "Paxtakor"dan ketdi

A A A
Vladimir Kozak "Paxtakor"dan ketdi

Yarim himoyachi Vladimir Kozak erkin agent sifatida "Paxtakor"ni tark etdi.

Akademiya tizimidan boshlab asosiy tarkibgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan futbolchi ikki tomon kelishuviga ko‘ra, erkin agent sifatida klubdan ketdi. 2009 yildan asosiy tarkibda o‘ynashni boshlagan Kozak hozirga qadar Superligada "Paxtakor" tarkibida 209 bahsda 21 gol urishga erishgan. Chempionlar Ligasi va ichki kubok musobaqalarida 80ga yaqin uchrashuvda jamoa safida maydonga tushgan. U 5 marta O‘zbekiston chempionati, 3 bor O‘zbekiston Kubogi va bir bor Liga Kubogida g‘olib chiqqan.
 

Kiritildi: 11:42 17.02.2021. O'qildi: 3400 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik