Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Virusologni o‘ldirish bilan tahdid qilgan snayperning jasadi topildi

Virusologni o‘ldirish bilan tahdid qilgan snayperning jasadi topildi

May oyi o‘rtalarida harbiy bazadan qurol olib, virusolog Mark van Ranstga javob qaytarish bilan tahdid qilganidan keyin bedarak yo‘qolgan Belgiya askari Yurgen Koningsning jasadi topildi.

Otish bo‘yicha o‘qituvchi Yurgen Konings Niderlandiya chegarasi yaqinidagi milliy bog‘da o‘lik holda topildi.Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, jasadni Maseyk shahri meri Yoxan Tollenayer park yaqinida velosipedda harakatlanayotganda badbo‘y hid sezganidan keyin tasodifan topgan. Shundan so‘ng u darhol polisiyaga murojaat qildi.

Konings ekstremistlikda gumon qilinganlar ro‘yxatiga kiritilgan. U Belgiyada koronavirusga qarshi kurash uchun mas’ul bo‘lgan ekspert Mark van Ranstga tahdid qilgan.

Polisiya Koningsning mashinasini 18 may kuni topgan, u yerda o‘q-dorilar bilan to‘rtta tankka qarshi granata otish moslamasi topilgan.

Prokuratura yakshanba kuni topilgan jasad 17 may kuni g‘oyib bo‘lgan Koningsga tegishli ekanligini tasdiqladi. Ehtimol, o‘lim sababi o‘z joniga qasd qilishdir. Shuningdek, Koningsning "u endi siyosatchilar va virusologlar bizdan hamma narsani tortib olgan jamiyatda yashay olmaydi" deb yozgan maktubini qoldirgani xabar qilinadi.

Kiritildi: 10:40 21.06.2021. O'qildi: 2040 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!