Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Video: Sobiq «Abu-Saxiy» bozorida rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilgan qismidagi tadbirkorlar ma’muriyat bilan tortishdi

Video: Sobiq «Abu-Saxiy» bozorida rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilgan qismidagi tadbirkorlar ma’muriyat bilan tortishdi

Sobiq «Abu-Saxiy» bozori, hozirgi «Toshkent savdo markazi»ning xalq tilida «mato bozori» deb yuritiladigan 1-blokida savdo qiluvchi tadbirkorlarning noroziligi aks etgan video e’lon qilindi.

Videoda olomon o‘rab olgan bozor ma’muriyati vakilari buziladigan do‘konlar o‘rniga qayerdan joy berilishi haqida ma’lumot berishga urinayotgani, biroq olomon ularga gapirishga imkon bermayotgani aks etgan. Bozor mutasaddilari do‘konlar rekonstruksiya qilinganda yoki buzilganda mulkdorlarga kompensasiya to‘lanishi, do‘kon o‘rniga boshqa do‘kon berilishi haqida tushuntirayotganda olomon ushbu takliflarni kadastr hujjatlari asosida qonuniy amalga oshirishni talab qilgan.

Tadbirkorlar 1-blokdagi do‘konlar qurilishiga o‘rtacha 15—20 ming AQSh dollari sarflanganini, videodagi ayollardan biri esa ikkinchi guruh nogironi ekanligi, boshqa yo‘l bilan tirikchilik qilishga imkoniyati yo‘qligini ma’lum qilgan.

Boshqa bir tadbirkor ulardan do‘konlarni tortib olishga hech kimning haqi yo‘qligini, hokim o‘rinbosarlari, bozor ma’muriyati amaldagi qonunlarga bo‘ysunmagani va aslida ular ma’muriyat, savdogar va investor o‘rtasida uch tomonlama kelishuv imzolashi lozimligini aytgan. Unga ko‘ra, investor loyihasi asosida tadbirkorlarga kompensasiya to‘lanishi, do‘kon egasiga yerto‘ladan emas, balki o‘zi istagan yerdan joy ajratilishi lozimligi aytilgan. Shuningdek, ismini oshkor qilmagan tadbirkor hokimlik va bozor ma’muriyati tadbirkorlarni ushbu vaziyat yuzasidan bir hafta avval ogohlantirmay, yong‘in xavfsizligi talabi bilan do‘konlarni bo‘shatishni talab qilishi noto‘g‘ri.

Kiritildi: 04:30 27.01.2020. O'qildi: 2391 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!