Bugun 31 may, 2025 yil, shanba

КИР

Video: Shahram G‘iyosov raqibini nokautga uchratdi

A A A
Video: Shahram G‘iyosov raqibini nokautga uchratdi

Bugun, 15 iyul kuni tongda bir yo‘la uch nafar o‘zbekistonlik professional bokschi AQShda navbatdagi janglarini o‘tkazdi.

Dastlab, Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oibnazarov amerikalik bokschi Kevin Jonsonga qarshi ringga ko‘tarilib, hakamlar qaroriga ko‘ra g‘olib deb topilgan bo‘lsa, O‘zbekistonning ikkinchi vakili, Rio-2016 Olimpiadasi​ finalchisi Shahram G‘iyosov nokaut bilan g‘alaba qozondi. 

U meksikalik Daniel Echeverriyani birinchi raunddayoq polga qulatdi.

Shu tariqa, Shahram G‘iyosov professional ringdagi uchinchi jangida ham g‘alaba qozondi. U bundan avvalgi ikki jangning bittasida ham nokautli g‘alabaga erishgandi. 

Meksikalik raqib esa ancha tajribali bokschi hisoblanardi. U shu vaqtgacha 24ta jang o‘tkazib, ularning 19tasida g‘alaba qozongan (17tasi nokaut), 5ta jangda mag‘lubiyatga uchragandi (2tasi nokaut).

Kiritildi: 13:54 15.07.2018. O'qildi: 2365 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!