Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Video! Moskvadagi o‘zbeklar mushtlashuvi

Video! Moskvadagi o‘zbeklar mushtlashuvi

Moskva janubi-sharqida o‘zbekistonliklar ishtirokida ro‘y bergan mushtlashuv oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Moskovskiy komsomoles xabar bermoqda.

17 fevralga o‘tar kechasi Volgorad prospektida ro‘y bergan janjalda jami 10 kishi ishtirok etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mushtlashuv ishtirokchilari soni 10 kishi bo‘lgan, ularning barchasi avtomoyka majmuasida ishlagan o‘zbekistonliklar , deyiladi manba ma’lumotida.

Ma’lum bo‘lishicha, mojaroga ishchilardan biri boshqasining ukasini haqoratlagani sabab bo‘lgan.

Mojaro ishtirokchilaridan biri, 29 yoshli ishchi voqea joyida pichoqdan olingan jarohat tufayli halok bo‘lgan, yana ikki kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgan, ulardan biri jon bergan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Janjal kuzatuv kameralariga muhrlanib qolgan. Videoda ko‘rish mumkinki, mushtlashuvdan keyin odamlar yerda yotgan kishi atrofida to‘plangan, keyinroq polisiya va tez yordam mashinalari yetib kelgan.

Kiritildi: 12:53 18.02.2019. O'qildi: 3400 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!