Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Vengriyalik mashhur tish shifokori O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlikka tayyor

Vengriyalik mashhur tish shifokori O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlikka tayyor

O‘zbekistonning Vengriyadagi elchisi Oybek Shaxavdinov Urban regenerasiya instituti direktori, professor Ishtvan Urban bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

G‘arb stomatologlarining fikriga ko‘ra, Ishtvan Urban implantologiya, tish suyaklarini tiklash va implantlar atrofidagi yumshoq to‘qimalarni rekonstruktiv jarrohlik yo‘li bilan davolash bo‘yicha dunyodagi eng taniqli va eng kuchli mutaxassis. U butun dunyoda tan olingan suyak plastiklari bilan ishlash texnikasini yaratgan.

Professor O‘zbekiston tomoni bilan xalqaro talablar va standartlar darajasida stomatologiya sohasida yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash, implantologiyada suyak regenerasiyasi yo‘nalishida ilg‘or bilim va amaliy ko‘nikmalarni joriy etish bo‘yicha hamkorlikka tayyorligini bildirdi.

- Men tish suyaklarni olib tashlash o‘rniga ularni qayta tiklashni o‘rgataman, - dedi Ishtvan Urban.

Eslatib o‘tamiz, Urban regenerasiya instituti keng qamrovli implantologik davolanishga ixtisoslashgan va estetik, kosmetik stomatologiya, plastik jarrohlik, asosan tish suyak to‘qimasini tiklash va implantologiyaga e’tibor qaratadigan yirik klinikadir.

Kiritildi: 12:02 17.04.2024. O'qildi: 615 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!