Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Vengriya delegasiyasi Jizzaxda

Vengriya delegasiyasi Jizzaxda

Hamkorlikning yangi qirralari

Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev Vengriya Davlat kotibining innovasiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Laslo Bodish boshchiligidagi delegasiya a’zolarini qabul qildi.

Qabul avvalida Ergash Saliyev tashrif uchun mehmonlarga samimiy minnatdorchilik bildirib, muzokaralar davomida viloyatning iqtisodiy-ijtimoiy va investisiya salohiyati hamda hududlarda amalga oshirilayotgan investisiya loyihalari haqida gapirdi, viloyatning asosiy drayver sohalari bo‘lgan avtomobilsozlik, tekstil, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, turizm sohasidagi investisiya loyihalari hamda Jizzaxdagi oliy ta’lim muassasalari to‘g‘risida ham alohida to‘xtalib o‘tdi.

Vengriya delegasiyasi Jizzaxda

O‘z o‘rnida Vengriya delegasiyasi rahbari Laslo Bodish qabul uchun viloyat hokimiga minnatdorchilik bildirib, ikki turkiy do‘st davlat – O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi o‘zaro qardosh hamkorlikni yuqori baholadi.

2021 yilning may oyida Vengriyaning Bosh vaziri maslahatchisi Marton Nad boshchiligidagi delegasiya a’zolari Jizzax viloyatiga tashrifi davomida o‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, ijtimoiy sohalarda tajriba almashinuvini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borgani haqida O‘zAda xabar bergan edik.

Vengriya delegasiyasi Jizzaxda

2022 yilning oktyabr oyida Jizzax viloyati hokimi E.Saliyev hamda mutasaddi tashkilot va idoralar rahbarlaridan iborat delegasiya a’zolari Vengriyaga safar uyushtirib, ushbu mamlakat tadbirkorlari bilan umumiy qiymati 19 million 500 ming AQSh dollarilik savdo va investisiya borasidagi 8 ta kelishuv imzolanganini va ijrosi doirasida ham bir qator ishlar amalga oshirilganini alohida ta’kidlab o‘tish joiz.

2023 yilning 26 oktyabrida esa Jizzax viloyati hokimligi Vengriyaning Dyor-Moson-Shopron viloyati rahbariyati bilan hududlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgan. Bugungi delegasiyaning tashrifini ham ana shu manfaatli va ishonchli hamkorlikning mantiqiy davomi deyish mumkin.

Jizzax viloyati hokimligi hamda Vengriyaning Obuda universiteti o‘rtasida yuqori texnologiyalar sohasida qo‘shimcha innovasion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar, taqdimotlar bo‘lib o‘tdi.

Vengriya delegasiyasi Jizzaxda

Vengriyaning Obuda universiteti rektori Levente Kovach innovasiya va ilm-fanda erishilgan yutuqlar va bu yo‘nalishda Vengriya tajribasini ommalashtirish, Jizzax viloyatidagi qator loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Vengriya delegasiyasi Jizzaxda

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To‘ychiyev, Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Botir Usmonovlar mehmonlarga O‘zbekistonda inno texnoparklarni tashkil qilish, oliy o‘quv yurtlari va ishlab chiqarishdagi hamkorlikka to‘xtaldi.

Vengriya delegasiyasi Jizzaxda

Do‘stona va o‘zaro hamkorlik ruhida o‘tgan uchrashuvdan so‘ng Vengriyadan tashrif buyurgan mehmonlar Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev hamrohligida Jizzax erkin iqtisodiy zonasidagi avtomobillar ishlab chiqaruvchi “BYD Uzbekistan Factory” zavodi, “Deya” brendi ostida konditer mahsulotlari ishlab chiqarish fabrikasi faoliyati bilan tanishdi.

Vengriya delegasiyasi Jizzaxda

Kunning ikkinchi yarmida yevropalik nufuzli mehmonlar Jizzax shahridagi Prezident maktabida bo‘lib, u yerda o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Vengriya davlati delegasiyasida “Inno” innovasion o‘quv -ishlab chiqarish texnoparki katta taassurot qoldirdi.

Kiritildi: 01:50 13.10.2024. O'qildi: 1218 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!