Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Vengriya Bosh vaziri Qorabog‘ga keldi

Vengriya Bosh vaziri Qorabog‘ga keldi

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Qorabog‘ga keldi. U yerda Turkiy davlatlar tashkilotining Shushadagi norasmiy sammitida ishtirok etadi. Orbanning samolyoti Fizuli aeroportiga yetib keldi, deya xabar beradi «AZERTAC».

Qorabog‘ safari oldidan Orban Moskvaga tashrif buyurdi va u yerda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. Ular Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi atrofidagi vaziyatni muhokama qildilar.

Orban Vengriya Bosh vaziri sifatida Putin bilan muzokara olib bordi va na Yevropa Ittifoqi, na NATO vakili bo‘lmadi. Yevropa Ittifoqi Orban Bryusselni tashrif haqida ogohlantirmaganini aytdi. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg, aksincha, bosh vazir tashkilotni Moskvaga safari haqida oldindan ogohlantirganini aytdi.

Kiritildi: 14:20 06.07.2024. O'qildi: 633 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!