Vashington ma’muriyati Amerika kuchlari tomonidan Venesuela qirg‘oqlari yaqinida neft tankerlarini tortib olgani sababli AQShda energiya narxi oshishini bashorat qilmayapti.
Bu haqda Oq uy milliy iqtisodiy kengashi rahbari Kevin Xasset ma’lum qildi.
"Bular global ta’minotga nisbatan kichik hajmdagi neft", dedi u CBS telekanalida tankerlar tomonidan tashilgan neftga ishora qilib. "Shunday ekan, menimcha, AQShdagi odamlar bu kemalar qo‘lga olingani sababli narxlarning ko‘tarilishidan tashvishlanmasligi kerak. Ulardan faqat bir nechtasi bor edi va ular qora bozor bilan bog‘liq edi", deb qo‘shimcha qildi Xassett.