Bugun 5 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Venesuyela TIV: AQSh Gayananing bahsli hududida harbiy baza tashkil qilmoqchi

A A A
Venesuyela TIV: AQSh Gayananing bahsli hududida harbiy baza tashkil qilmoqchi

Vashington o‘z harbiy bazasini joylashtirish orqali Venesuyela va Gayana o‘rtasidagi Essekibo hududi bo‘yicha hududiy bahsni “militarizasiya qilmoqchi”.

Bu haqda “Report” xabariga ko‘ra , Venesuyela tashqi ishlar vaziri Ivan Xil BMT Bosh assambleyasida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi. U Amerika hukumatining niyatini qoraladi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, AQSh janubiy qo‘mondonligi “Venesuyelaga qarshi tajovuz nayzasini yaratish va energiya resurslarini tortib olish” uchun bahsli Essekiboda harbiy baza ochish niyatida. Venesuyela parlamenti o‘z suveren hududini AQShdan himoya qilish uchun referendum o‘tkazishni ma’qulladi.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Amerika hukumati Essekibo hududi bo‘yicha uzoq yillik bahsga aralashib, Exxon Mobil kompaniyasi yordamida Venesuyela neftidan foydalanish niyatida.

Shuni ta’kidlash kerakki, Essekibo katta neft zaxiralariga ega hududdir. Venesuyela va Gayana o‘rtasidagi bu hudud bo‘yicha bahs 100 yildan ortiq davom etmoqda.

Kiritildi: 08:33 24.09.2023. O'qildi: 1578 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!