Bugun 11 yanvar, 2025 yil, shanba

КИР

Venesuela prezidentini qo‘lga olish uchun 25 million dollar mukofot e’lon qilindi

Venesuela prezidentini qo‘lga olish uchun 25 million dollar mukofot e’lon qilindi

AQSh Venesuela rahbari Maduroni qo‘lga olganlik uchun 25 million dollar mukofot puli e’lon qildi. Bugun u uchinchi prezidentlik muddatini boshladi.

AQSh Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni hibsga olishga imkon beruvchi ma’lumot uchun 25 million dollar to‘lashini ma’lum qildi. Qaror, shuningdek, Venesuela yetakchisiga qarshi yangi sanksiyalar paketi Maduro uchinchi marta prezidentlik qasamyodini qabul qilgan kuni e’lon qilingan edi.

AQSh hukumati Maduroni giyohvand moddalar kontrabandasiga aloqadorlikda ayblamoqda. Ular avvalroq uning hibsga olinishiga sabab bo‘lgan ma’lumot uchun mukofot taklif qilishgan, uning miqdori 15 million dollar edi.

Qo‘shma Shtatlar, Yevropa Ittifoqi va boshqa ko‘plab davlatlar Maduroni saylovlarning qonuniy g‘olibi deb tan olmaydi va muxolifat yetakchisi Edmundo Gonsalesni mamlakat prezidenti deb biladi.

Ular Maduro iyul oyidagi ovoz berish natijalarini o‘z foydasiga soxtalashtirishda ayblaydi.

Biroq, Xitoy va Rossiya Maduroni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda.

Kiritildi: Bugun 01:32. O'qildi: 587 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!