Bugun 13 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Venadagi boshlang‘ich maktablarda islom eng ommabop dinga aylandi

A A A
Venadagi boshlang‘ich maktablarda islom eng ommabop dinga aylandi

Ta’lim departamenti tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda Islom Venadagi boshlang‘ich maktablar o‘quvchilari o‘rtasidagi eng ommabop din ekani ma’lum bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, davlat boshlang‘ich maktablaridagi o‘quvchilarning 35 foizi o‘zini musulmon, 21 foizi katolik va 13 foizi pravoslav deb hisoblaydi, 26 foizi esa hech qanday dinga e’tiqod qilmaydi.

Ta’lim departamentining Venadagi boshlang‘ich maktablardagi diniy e’tiqodlar bo‘yicha o‘tkazgan tadqiqotiga ko‘ra, Islom o‘quvchilar o‘rtasidagi eng ommabop din deb topildi. Bu haqda Austria Today xabar bermoqda.

Davlat boshlang‘ich maktablaridagi o‘quvchilarning 35 foizi musulmonlar, 21 foizi katoliklar, 13 foizi o‘zini pravoslav deb hisoblaydi, 26 foizi esa hech qanday dinga e’tiqod qilmaydi.

Rasmiy ma’lumotni seshanba kuni vise-burgomaster va shahar ta’lim kengashi (NEOS) a’zosi Kristof Viderker taqdim etdi. U musulmon yoshlarning dindorligini va ularning Yevropa qadriyatlariga zidligini ko‘rib, birinchi sinfdan boshlab barcha o‘quvchilar uchun «Demokratiya sharoitlarida yashash» darslarini majburiy o‘tkazishga chaqirdi.

Bundan maqsad demokratiya, qadriyatlar va axloq, shuningdek, dunyoning asosiy dinlari haqida bilim berishdan iborat ekani aytildi.

Kiritildi: 13:25 13.06.2024. O'qildi: 1469 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!