Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Vashintondagi otishmani G‘azo uchun sodir etgan inson chikagolik bo‘lib chiqdi

Vashintondagi otishmani G‘azo uchun sodir etgan inson chikagolik bo‘lib chiqdi

Vashingtondagi Poytaxt yahudiy muzeyidagi otishma Illinoys shtatining Chikago shahrida yashovchi 30 yoshli Elias Rodriges tomonidan sodir etilgan bo‘lib, u ilgari huquq-tartibot idoralari nazariga tushmagan.

Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, u yagona otuvchi bo‘lgan va uning sheriklari bo‘lmagan.

Qayd etilishicha, otishmadan keyin Rodriges muzey binosiga kirishga uringan, biroq xavfsizlik xodimlari uni ichkariga kiritmagan.

Rodriges allaqachon qo‘lga olingan, u qo‘lga olish vaqtida qilgan ishiga iqror bo‘lgan va qurolni qayerga tashlaganini aytgan. U, shuningdek, "Buni G‘azo uchun qilganini" aytdi.

Kiritildi: 14:40 22.05.2025. O'qildi: 526 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!