Vashintondagi "Ronald Reygan" milliy aeroporti yaqinida samolyot AQSh harbiy-havo kuchlari samolyoti bilan to‘qnashib ketishiga sal qoldi.
Bu haqda Federal aviasiya boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea yuzasidan surishtiruv allaqachon boshlangan.
"Delta reysi yaqinida boshqa samolyot borligi to‘g‘risida bortda ogohlantirish oldi va havo harakatini nazorat qiluvchilar ikkala samolyotga tuzatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi", — deyiladi xabarda. Samolyotlar bir-biriga qanchalik yaqin bo‘lgani aytilmagan.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, voqea juma kuni tushdan keyin sodir bo‘lgan. Airbus A319 "Ronald Reygan" aeroportidan uchib, Minneapolisga yo‘l olgan. Shu bilan birga, AQSh harbiy-havo kuchlarining to‘rtta Nortrop T-38 "Telon" samolyoti parvoz namoyishi uchun Arlington milliy qabristoniga yo‘l olgan hududda edi.