Bugun 18 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Vashington prokurori Trampning qarori sabab sudga murojaat qilmoqchi

Vashington prokurori Trampning qarori sabab sudga murojaat qilmoqchi

Vashington bosh prokurori Brayan Shvalb prezident Donald Trampning poytaxt polisiyasini federal nazorat ostiga olish qarori sababli sudga murojaat qilishini aytdi.

"Biz federal hukumatning Kolumbiya okrugi polisiyasini nazoratga olish qaroriga qarshi sudga murojaat qilamiz. Ma’muriyat poytaxt polisiyasini nazoratga olishini noqonuniy ravishda e’lon qilib qonunan berilgan vakolatlarini suiiste’mol qilyapti", - deb yozdi u o‘zining X tarmog‘idagi sahifasida.

Dushanba kuni Tramp federal hukumat tomonidan Vashingtonda jinoyatchilikka qarshi kurashishga qaratilgan qator choralarni e’lon qildi.

U o‘z farmoni bilan Vashington polisiyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri AQSh federal hukumati nazorati ostiga o‘tkazdi.

Kiritildi: 20:55 16.08.2025. O'qildi: 768 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!