Bugun 23 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Vashington Bog‘dodga bosim o‘tkazmoqda

Vashington Bog‘dodga bosim o‘tkazmoqda

Vashington Iroqqa naqd dollar yuborishni to‘xtatib qo‘ydi va xavfsizlik sohasidagi yordam dasturlarini muzlatib qo‘ydi.

The Wall Street Journal nashrining yozishicha, Oq uy shu yo‘l bilan Bog‘dodni Eronparast guruhlarga qarshi chora ko‘rishga majbur qilmoqchi.

«Donald Tramp ma’muriyati Iroqqa AQSh dollari yetkazib berishni to‘xtatdi va xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni muzlatdi. Bundan maqsad — Bog‘dodga bosim o‘tkazish orqali Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi tuzilmalarni tugatishdir», — deyiladi maqolada.

Aniqlik kiritilishicha, 2003 yildan beri Iroqning neft savdosidan tushadigan daromadlari Nyu-York Federal zaxira bankida saqlanadi. AQSh har yili ushbu mamlakatga taxminan 13 milliard dollar naqd pul yuboradi.

Hozirda AQSh Moliya vazirligi taxminan 500 million dollarlik transhni bloklab qo‘ydi — bu Eron atrofidagi mojaro boshlanganidan beri sodir bo‘lgan ikkinchi shunday holatdir. Shuningdek, aksilterror dasturlari va harbiylarni o‘qitishni moliyalashtirish ham to‘xtatilgan. Cheklovlar vaqtinchalik, biroq ularni bekor qilish shartlari ochiqlanmagan.

Kiritildi: 23:52 22.04.2026. O'qildi: 234 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!