Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Varshavada Shavkat Mirziyoyevga tuhmat qilgan namanganlik, aslida, kim?

Varshavada Shavkat Mirziyoyevga tuhmat qilgan namanganlik, aslida, kim?
Yaqinda Varshavada bo‘lib o‘tgan ‒ inson huquqlarini himoya qilish xalqaro tashkiloti ‒ OBSEning nufuzli anjumanida aytilgan favqulodda bir nutq e’tiborimni tortdi.“Hammaga bir xil imkoniyat va teng imkoniyat” (Ravnee vozmojnosti dlya vsex) nomli men hali hech qayerda eshitmagan va bilmagan notijorat o‘zbek muxolifat tashkiloti vakili so‘zga chiqib , kutilmaganda ‒ he yo‘q, be yo‘q ‒ O‘zbekiston Prezidenti SH.M.Mirziyoyev sha’niga tuhmat qilib, jamoatchilikni chalg‘itishga urindi.
 
Go‘yoki O‘zbekistonda uy hayvonlari yoppasiga qirilayotgan, Vatan darvozalari va yer osti boyliklari Rossiyaga ochib berilayotgan, inson huquqlari toptalayotgan, mamlakatda diktatura va totalitar tuzum hukmronlik qilayotgan emish...
 
Garchi bu xabarlar mutlaqo noto‘g‘ri va asossiz bo‘lsa-da, dunyoda inson huquqlarini himoya qilishdek vazifani o‘z zimmasiga olgan nufuzli xalqaro anjuman minbaridan aytilgan edi.
 
Shu voqea sabab, men o‘sha yolg‘onchi Xasanboy Burxonov shaxsi bilan qiziqdim. Uning O‘zbekistondagi kirdikorlarini eshitib, firibgarliklaridan voqif bo‘lib, bu haqda boshqalarni ham ogoh etishga qaror qildim. Toki ona Vatanida qalloblik qilib, jazodan qutilib qolish umidida xorij ellar sari yuz tutgan va o‘z gumashtalarining topshirig‘ini bajarib, O‘zbekiston va uning Prezidentiga tosh otish evaziga siyosiy boshpana badalini to‘layotgan bu firibgarning asl basharasini butun dunyo jamoatchiligi yaxshilab bilib qo‘ysin.
 
Xo‘sh, bu nusxaning o‘zi kim?
 
1.JPGBurhonov Hasanboy Boqiboyevich, 1970 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, O‘zbekiston Nogironlari jamiyatining sobiq o‘rinbosari (2007-2012 y.y.), birinchi guruh nogironi. 2012 yildan buyon Germaniyaning Boxum ‒ (nem. Bochum, n. – nem Baukem) shahrida istiqomat qiladi. 2009 – yilning 9-aprelida Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan X. Burhonovga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 207, 167 ‒ moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. O‘zbekiston nogironlar jamiyatining raisi O. Isoqovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida (H. Burhonovni Toshkent shahar nogironlar jamiyati raisi lavozimiga tiklash maqsadida 1000 AQSh dollari miqdorida pora olayotgan vaqtida ushlangan) Toshkent shahar nogironlar jamiyatini iqtisodiy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijasiga ko‘ra, X.Burhonovga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
 
Tergov jarayonida aniqlanishicha – H.Burhonov 2007-2008 yillarda bozor narxini o‘rganmagan holda 2.525 dona ko‘rpa-to‘shak jildlari (pastelnie belyo)ni 81 million so‘m miqdorida xarid qilgan. O‘sha vaqtda jildlarning har bir to‘plami o‘rtacha 4 ming so‘m bo‘lgan.
 
Ushbu holat yuzasidan 20.09.2011 yilda O‘zbekiston nogironlar jamiyati raisining maslahatchisi Gofurov Enkeles Toshkent shahar prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilgan.
 
17.10.2011 yilda Yunusobod tuman prokuraturasi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudiga M.Burhonov davlatga 91 mln. so‘m ziyon keltirganligi yuzasidan da’vo arizasi kiritgan.
 
23.04.2012 yilda sud H.Burhonovdan ko‘rsatilgan qarzni qaytarish hamda 18 mln. so‘m miqdorda davlat solig‘ini undirish bo‘yicha qaror chiqargan. Keyinchalik o‘tkazilgan ekspertlik tekshiruvi mobaynida aniqlanishicha, H.Burhonov tomonidan davlatga jami 59 mln. so‘m miqdorida zarar keltirilgan…
 
4.JPGEndi bu muttaham firibgarning qanday qilib xorijga chiqib ketgani haqida:
 
2012 – yilning sentyabr oyida Hasanboy Burhonov Germaniyaning Dyusseldorf shahriga nogironlar huquqini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan konferensiyada ishtirok etish uchun O‘zbekistondan chiqib ketgan.
 
Ammo, o‘ziga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi mavjudligi uchun mamlakatga qaytib kelmagan…
 
Qo‘shimcha qilib yana shuni aytish lozimki, Hasanboy Burxonov Feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi “Hasanboy Burxonov” nomi ostidagi o‘z sahifasi https: //wwwfecebook.com/da O‘zbekiston va uning Prezidenti olib borayotgan davlat siyosatini – alamzadalik va g‘araz niyatda – doimiy ravishda qoralash bilan shug‘ullanib keladi.
 
Joriy yilning 21 – yanvar kuni O‘zbekiston Prezidentining Germaniya davlatiga rasmiy tashrifi chog‘ida ham Berlin shahridagi Bundestag binosi oldida norozilik namoyishi o‘tkazib, internet orqali tarqatgan. 
 
Eng yomoni, mazkur namoyish vaqtida H.Burhonov dunyo hamjamiyatini O‘zbekistonning amaldagi konstitusion tuzumini kuch bilan qulatishga chaqirgan…3.JPG
 
Biz Hasanboy Burhonovning O‘zbekiston va uning Prezidentiga nisbatan yolg‘on va bo‘htondan iborat bo‘lgan asossiz tanqidiga emas, balki uning mamlakatdagi asl ahvolni buzib talqin qilishi va dunyo hamjamiyatini chalg‘itishga chiranishiga qarshimiz.
 
Tanqid qilsang – asos va dalillar bilan tanqid qil. Lekin xorijdan turib O‘zbekiston Prezidentiga tuhmat qilish, hukumatni kuch bilan ag‘darib tashlashga chorlash – Yer yuzining barcha demokratik davlatlarida Qonun bilan ta’qiqlangan va buning uchun juda qattiq jinoiy javobgarlik bor.
 
O‘zini – xorijdagi o‘zbek muxolifatining “eng aqlli va vatanparvar” faoli deb hisoblovchi, boz ustiga – “Barcha uchun teng imkoniyatlar” (“Ravnie vozmojnosti dlya vsex”) nomli balandparvoz nom bilan atovchi notijorat tashkilot a’zosi Hasanboy shu oddiy haqiqatni bilmaydimi?!
 
Biladi, lekin u va uning xorijdagi hamtovoq salaflari – O‘zbekistonning kuch ishlatar tizimlari, xususan, Davlat xavfsizlik xizmati idorasi bu borada juda zaif va ojiz, deb o‘ylasa kerak.
 
Rostdan ham shundaymikan? Buni endi vaqt ko‘rsatadi…
 
Eng yomoni, Hasanboy Burxonov yolg‘iz emas. Uni O‘zbekiston ichkarisi va tashqarisida ishongan hamtovoqlari, haybarakallachilari bor.
 
Varshavada o‘tgan xalqaro tadbir fikrimizga asosdir. Odatda, bunday nufuzli xalqaro anjumanda notiqlarning o‘zi chumoliday o‘rmalab minbarga chiqolmaydi.
 
Hasanboy Burhonovning ushbu sammitdagi ishtiroki, “Dunyo o‘zbeklari” surishtiruviga ko‘ra – “Xyuman Rayts Votch” XNNTning Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili Stiv Sverdlou tomonidan ta’minlangan. Hasanboyga “Inson huquqlari bo‘yicha o‘zbek-german forumi” tashkiloti rahbari Umida Niyozova tavsiyanoma yozib bergan.
 
Ushbu tavsiyanoma bilan S.Sverdlou unga xalqaro nodavlat va notijorat tashkilotlaridan grant mablag‘ini olib bergan. Hasanboy Varshavaning qimmatbaho mehmonxonasida istiqomat qilib, sammitda S.Sverdlouning yordami bilan bir necha bor o‘z chiqishlarini tashkillashtirgan…
 
Har qanday insonda o‘z fikrini aytish va tanqid qilish huquqi bor.
 
Buni inkor etmoqchi emasmiz, lekin Vatanga va Prezidentga TUHMAT qilish huquqi hech kimga berilmagan.
 
Dunyoda balolar ko‘p. Lekin “Tuhmat balosidan saqla!” deb bekorga aytishmagan.
 
Hasanboy Varshava anjumanida O‘zbekistonni sof ko‘ngil bilan, sog‘lom ruhda, asosli va isbotli tanqid qilganida, biz hech narsa demasdik. U o‘z so‘zi bilan professional tuhmatchi va firibgar ekanini isbotladi.
 
Yuqorida u yolg‘iz emas, dedik.
 
Alamzadalar hamma yerda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham bor. Hasanboyni o‘z davrida nogironlar orasiga qo‘shib qo‘yganlar ham – o‘sha alamzadalar.
 
O‘g‘irligi, ochko‘zligi, firibgarligi ochilib, qamoqxona eshigiga borganida Hasanboy nega qamalmay, chetga chiqib ketdi?
 
Qanday qilib?
 
Albatta, homiy-hamtvoqlarining yordami tufayli. Demak, bugun o‘sha kazzoblarni ham topish, qilmishiga yarasha jazolash shart.
 
Meni yana bir narsa qattiq ajablantiradi:
 
Quturgan itlarni bilamiz. O‘rmonda sang‘ib yurgan bo‘ri va arslonlarni ham ko‘rganmiz. Lekin muttahamning quturganini hali ko‘rmagan edik.
 
Agar Hasanboy quturmaganida – o‘zi tug‘ilgan Vataniga, Prezidentiga qarab akillamas edi.
 
O‘zbekiston Prezidentining shaxsan tashabbusi bilan so‘nggi bir yilda dunyoning urush olovlari yonib turgan davlatlarida adashib yurgan qancha-qancha o‘zbeklar, ularning farzandlari yurtga olib kelindi. Adashgan, qilmishidan pushaymon bo‘lgan edi ular.
 
2.JPGAmmo o‘z paytida qilar ishni qilib, besh qo‘lini og‘ziga tiqqan va jazodan qochib chet ellarda turli tashkilotlarga suqilib kirib olgan, tavbasiga tayanish o‘rniga o‘zidan “qahramon-vatanparvar” yasash ilinjida tilini sakkiz qarich qilib, ijtimoiy tarmoqlarda tinmay vaysab turgan imonsizlar ham borki, undaylarning bo‘yniga ip boylab, sudrab olib kelish va qilmishiga yarasha “mukofoti”ni berish ham kerak. Demak, raiyatning oddiy talablari ana shunday. Aks holda, Hasanboy Burhonovga o‘xshash vaysaqilarning jag‘i hali-beri yopilmasligi mumkin.
 
Xalqaro qonun-qoidalarga ko‘ra oddiy odamga tuhmat qilgan shaxs ham barcha demokratik davlatlarda qonun oldida javob beradi. Katta mamlakat rahbariga tuhmat qilgan Xasanboy Burxonov ham jazolanishi shart.
 
U zudlik bilan O‘zbekistonga ekstradisiya qilinishi lozim!
 
Boshqacha bo‘lishi mumkin emas!!!
 
 
 
Ismat Xushev,
“Dunyo o‘zbeklari” Bosh muharriri, 
Toronto shahri, Kanada…
Manba: O‘zA
Kiritildi: 14:31 18.10.2019. O'qildi: 18287 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!