Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Valyuta oldi-sotdisi: 6 oyda 14,5 mlrd dollar ayirboshlangan

Valyuta oldi-sotdisi: 6 oyda 14,5 mlrd dollar ayirboshlangan

2025 yilning birinchi yarmi davomida O‘zbekistonda aholi va banklar o‘rtasidagi xorijiy valyuta savdosi 24 foizga oshdi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-iyun oylarida jami 14,5 mlrd dollarlik valyuta oldi-sotdi qilingan.

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,8 mlrd dollarga ko‘p. Olti oy ichida aholi banklarga 9,1 mlrd dollar xorijiy valyuta sotgan — bu o‘tgan yilga nisbatan 27 foizga ko‘p. Boshqacha aytganda, aholining dollardan so‘mga o‘tish holatlari ko‘paygan.

Graph cb

Shu bilan birga, aholi banklardan 5,4 mlrd dollarlik valyuta xarid qilgan. O‘tgan yili aholi banklarga 16,1 mlrd dollar sotgan, 9,4 mlrd dollar xarid qilgan.

Valyutalar qayerda ayirboshlanyapti?

Valyutaning katta qismi — 8,4 mlrd dollari yoki 58 foizi valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali ayirboshlangan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16 foizga ko‘p. Shuningdek, bozordagi faollikning 41 foizi — 5,9 mlrd dollar masofaviy xizmatlar, ya’ni onlayn platformalar orqali amalga oshirilgan bo‘lib, bu yo‘nalishda 36 foizlik o‘sish qayd etildi.

Qolgan 252 mln dollarlik operasiyalar esa 24/7 bankomatlar orqali amalga oshgan. Bu ko‘rsatkich ham o‘tgan yilga qaraganda 32 foizga oshgan.

Natijada, banklar tomonidan jismoniy shaxslardan sotib olingan chet el valyutasi hajmi ularga sotilgan valyuta hajmiga nisbatan 3,7 milliard dollarga ko‘p bo‘ldi. Bu o‘z navbatida, ichki valyuta bozorida qo‘shimcha taklif manbayi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Shuningdek, 2024 yilda jismoniy shaxslar va banklar o‘rtasidagi valyuta savdosi hajmi 25,5 mlrd dollarni tashkil qilgan. 2023 yilda esa bu ko‘rsatkich 21,1 milliard dollar bo‘lgan.

Mamlakatda AQSh dollari hanuz eng ko‘p ayirboshlanadigan valyuta bo‘lib qolmoqda. Masalan, 2025-yilning birinchi choragida aholi va banklar o‘rtasidagi dollar savdosi hajmi 6,4 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2023-yilning shu davrida 5,2 mlrd dollar bo‘lgan.

Avvalroq, 2025 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga chetdan kelayotgan pul o‘tkazmalari o‘tgan yilga nisbatan 27 foizga oshib, 8,2 mlrd dollarga yetgani ma’lum qilgan edik. Mablag‘larning katta qismi Rossiyadan yuborilgan bo‘lsa-da, Yevropa Ittifoqi davlatlari, AQSh va Buyuk Britaniyadan tushumlar ham sezilarli darajada ko‘paymoqda.

Kiritildi: 16:21 23.07.2025. O'qildi: 425 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!