Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida Yangi Namangan tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan SH.K. fuqaro X.M.ga 4 000 AQSh dollarini 50,6 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Xonqa tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.M. fuqaro Z.A.ga 4 000 AQSh dollarini 50,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Chiroqchi tuman bo‘limi bilan tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan B.B. fuqaro O.V.ga 3 100 AQSh dollarini 39,1 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan 1 100 AQSh dollari va 5,5 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.