Toshkentda, "Xalqlar do‘stligi" saroyida rossiyalik taniqli san’atkor Valeriy Meladzening konserti bo‘lib o‘tdi.
"Afisha.uz"ning yozishicha, san’atkorning "Svobodniy polet" deb nomlangan yubiley dasturi ikki soat davom etgan.
Konsertdan keyin Valeriy Meladze instagramdagi sahifasida konsertdan video joyladi quyidagi jumlalarni yozib qoldirdi: "Toshkentdagi konsert boshlandi va yakunlandi. Shuni ayta olamanki, men bunday atmosferani hech qachon ko‘rmaganman. Katta raxmat, Tashkent!!!".
Konsertda Meladze o‘zining "Moy brat", "Svoboda ili sladkiy plen", "Proshatsya nujno legko" kabi yangi taronalarini ham ijro etdi.