Ispaniya davlat meteorologiya boshqarmasi mamlakat sharqidagi Valensiya avtonom jamiyatida 200 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan “meteorologik inqiroz” tugaganini ma’lum qildi.
Bu haqda agentlikning ijtimoiy tarmog‘idagi nashrida qayd etildi.
"Hurmatli valensiyaliklar, biz ob-havo inqirozi tugaganini e’lon qilishimiz mumkin" - deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, 29 oktyabr kuni ispan meteorologlari kuchli yomg‘ir tufayli mamlakatning turli hududlarida noqulay ob-havo haqida ogohlantirgan edi. Qirollikning janubi va sharqida ob-havo xavf darajasi maksimal darajaga ko‘tarildi. Tabiiy ofat eng og‘ir Valensiyaga tushdi, u yerda jiddiy suv toshqini qayd etildi. Viloyatda bedarak yo‘qolganlarni qidirish ishlari hamon davom etmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ispaniyaning turli mintaqalarida suv toshqini oqibatida 214 kishi, jumladan, Valensiyada 200 dan ortiq kishi halok bo‘lgan.