Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Uzoq qolib ketmaysiz: chegaradan o‘tish daqiqalab qo‘yildi

Uzoq qolib ketmaysiz: chegaradan o‘tish daqiqalab qo‘yildi

Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari va tovarlarni o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish maqsadida davlat nazorati organlari tomonidan o‘tkazish punktida haydovchilar, tovarlar va transport vositalarining nazorat tartib-taomillardan o‘tkazilishi “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi asosida amalga oshiriladi.

Nizomda o‘tkazish punktlarida avtotransport vositalarining bo‘lish vaqti aniq belgilandi:

  • engil avtotransport vositalari – 15 daqiqa;
  • yuk avtotransport vositalari – 30 daqiqa.

Har bir nazoratning aniq vaqti belgilangan:

  • sanitariya-karantin nazorati (haydovchi sanitariya nazoratidan o‘tkaziladi) – 3 daqiqa;
  • chegara nazorati (Davlat chegarasini kesib o‘tish huquqni beruvchi hujjatlar va pasport tekshiriladi) – 4 daqiqa;
  • bojxona nazorati (haydovchi, tovarlar va avtotransport vositasi bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkaziladi) – 15 daqiqa;
  • fitosanitariya nazorati (olib o‘tilayotgan tovar fitosanitariya nazorati ob’ekti bo‘lsa, fitosanitariya nazoratidan o‘tkaziladi) – 4 daqiqa;
  • veterinariya nazorati (olib o‘tilayotgan tovar veterinariya nazorati ob’ekti bo‘lsa, veterinariya nazoratidan o‘tkaziladi) – 4 daqiqa.

Qonunbuzarlik holatlari aniqlaganida nazoratdan o‘tish vaqti belgilangan muddatdan ortiq bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 10:40 20.11.2019. O'qildi: 2351 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!