Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

“O‘zgidromet” kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi

“O‘zgidromet” kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi

“O‘zgidromet” 25—27 mart kunlari respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, 25 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 26—27 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 25—26 martda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 25 martda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 20-25 daraja iliq, 26 martda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq, 27 martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, 25 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 26—27 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 25—26 martda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 25 martda kechasi 9-14 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja iliq, 26 martda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja iliq, 27 martda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, 25—26 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 27 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 26 martda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 25 martda kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq, 26 martda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 23-28 daraja iliq, 27 martda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, 25 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 26—27 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 26 martda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 25 martda kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq, 26 martda kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja iliq, 27 martda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, 25 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 26—27 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 26 martda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 25 martda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja iliq, 26 martda kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja iliq, 27 martda kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 25 martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq, 26—27 martda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, 25 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 26—27 martda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Qor ko‘chish xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 26 martda ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 25—26 martda 12-17 daraja, 27 martda 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Kiritildi: 14:32 23.03.2024. O'qildi: 1480 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!