Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

"O‘zcharmsanoat" poyabzal import bojini kamaytirishga rozi bo‘ldi

"O‘zcharmsanoat" poyabzal import bojini kamaytirishga rozi bo‘ldi

“O‘zcharmsanoat” mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish uchun taklif qilingan poyabzal importi boji miqdorini va qamrovini kamaytirishga rozi bo‘ldi, bu haqida kompaniya vakili Sputnik muxbiriga xabar qildi.

Import boji barcha turdagi poyabzallar uchun 30 % miqdorida emas faqat erkaklar poyabzallari uchun va 20 % miqdorida belgilash taklif qilindi, deyilgan xabarda.

Shuningdek, ayollar va bolalar poyabzallaridan boj olinmaydigan bo‘ldi. Shuningdek eng kam boj miqdori 5 AQSh dollari emas 3 AQSh dollari miqdorida belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zcharmsanoat” tomonidan 10 iyun kuni taklif qilingan yangi qonun loyihasi jamoatchilikning keskin qarshiligiga duch kelgan edi. Ko‘pchillik assosiasiyaning ushbu harakatini “navbatdagi monopoliyalashtirish” deb baholagan edi.

 

Kiritildi: 12:58 19.06.2019. O'qildi: 966 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!