Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

“O‘zbektelekom”: YouTube yaxshi ishlasa, bizga foyda

“O‘zbektelekom”: YouTube yaxshi ishlasa, bizga foyda

O‘zbekistonda "YouTube" videoxostingi faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarga “O‘zbektelekom”ning aloqasi yo‘q. Bu haqda kompaniya murojaatlar bo‘limi xodimi Bobur Abdullayev O‘zAga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Agentlikdan xabar berishlaricha, "YouTube" bilan bog‘liq muammolar yuzasidan O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligidan aniq ma’lumot va izoh olib bo‘lmagan.

“O‘zbektelekom” kompaniyasi murojaatlar bo‘limi xodimi Bobur Abdullayev esa "YouTube"ning ishlamasligida “O‘zbektelekom” aybdor emasligi, tarmoqda muammo yo‘qligini aytib o‘tgan.

“Foydalanuvchilar eng ko‘p internet trafigini "YouTube"dan foydalanish uchun sarflaydi. Shu bois uning yaxshi ishlashi bizga foyda keltiradi. Qolaversa, kompaniyamiz videoxosting ishiga ta’sir ko‘rsatish uchun rasmiy huquqqa ega emas”, deb aytgan Bobur Abdullayev.

O‘zbekiston "YouTube" videoxostingi sahifalarining yuklanishi, beqaror ishlashi bilan bog‘liq muammo oktyabr oyidan beri kuzatilmoqda. O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Olimjon Umarovning so‘zlariga ko‘ra, bu muammolar noyabr oyi oxirigacha davom etishi mumkin.

Manba: zamin.uz

Kiritildi: 05:17 14.11.2018. O'qildi: 1629 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!