Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

"O‘zbekkonsert" behayo klipi tufayli Shahlo Ahmedovaning lisenziyasini qaytarmayapti (video)

"O‘zbekkonsert" behayo klipi tufayli Shahlo Ahmedovaning lisenziyasini qaytarmayapti (video)

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida Milliy estrada san’atining ahvoli, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatining yuksaltirishdagi o‘rni va ahamiyati mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida O‘zbekkonsert DM rahbariyati, soha vakillari, OAV xodimlari qatori Daryo muxbiri Feruz Muhammad ham ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida O‘zbekkonsert davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov Shahlo Ahmedovaning keskin tanqidlarga sabab bo‘lgan Letniye dojdi qo‘shig‘iga ishlangan video klip haqida gapirdi.

Shahlo Ahmedovaning Letniye dojdi klipi uchun lisenziyasini to‘xtatib qo‘ydik. Shahlo Ahmedova ushbu klipni olgandan so‘ng lisenziyasini to‘xtatib qo‘yilishini bilardi. Bizga necha marotaba murojaat qildi, ammo lisenziyasini bermadik. Shahlo Ahmedovadan oldin lisenziyasini to‘xtatib qo‘ygan xonandalarimiz ayrim holatlarda lisenziya shartlarini bajarmagani uchun lisenziyasini olgan bo‘lsak, ma’lum bir vaqtdan so‘ng, aybiga iqror bo‘lganidan keyin lisenziyasini qaytarganmiz. Shahlo Ahmedova bir necha marotaba murojaat qilgan bo‘lsa ham lisenziyasini qaytarmayapmiz. Ushbu klip O‘zbekiston uchun olinmagan bo‘lsa ham, klipni internet tarmoqlari orqali barcha ko‘rib bo‘ldi.

Odiljon Abduqahhorov, O‘zbekkonsert davlat muassasasi direktori

Kiritildi: 11:18 11.02.2019. O'qildi: 7880 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!