Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida qiymati 2 337,2 mln AQSh dollarilik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.
Bu ko‘rsatkich joriy davrda umumiy eksportning 13,2 % ini tashkil etgan.
Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari (41,4 %), ip kalava (40,4 %) asosiy ulushni egallagan.
Yil boshidan 582 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari dunyoning 58 ta davlatiga eksport qilingan.