Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonning tashqi qarzi qanchaga yetdi?

O‘zbekistonning tashqi qarzi qanchaga yetdi?

O‘zbekiston Respublikasi tashqi qarzining umumiy hajmi 2018 yil boshidan 9,5%ga yoki 1,5 mlrd. dollarga oshgan holda 2019 yil 1 yanvar holatiga 17,3 mlrd. dollarni tashkil qildi. Bu O‘zbekiston Markaziy bankining O‘zbekiston Respublikasining to‘lov balansi, xalqaro investision pozisiyasi va tashqi qarzi to‘g‘risidagi ma’lumotlarida aks etgan.

Qayd etilishicha, umumiy tashqi qarz tahlili shuni ko‘rsatdiki, 2012-2015 yillar davomida qarzdorlikning o‘sishi ham davlat ham xususiy sektorlarda kuzatilgan. Ammo, 2016 yildan boshlab, xususiy sektor tomonidan qarzlarning so‘ndirilishi ularning jalb qilinishidan ustunlik qilgan, va baholashlarga ko‘ra bu dinamika 2019 yil oxiriga qadar davom etadi.

2018 yilda qarzdorlikning o‘sishi davlat sektoriga to‘g‘ri kelib (2,5 mlrd. dollar), xususiy sektor qarzdorligi 997,3 mln. dollarga kamaydi. Shunday qilib, yangi qarzdorliklarning jalb qilinishi evaziga davlat tashqi qarzi o‘sish sur’atini saqlab qoldi.

2018 yilda davlat sektori tashqi qarzlarining o‘sish sur’ati o‘tgan yilga nisbatan oshgani kuzatilib, mavjud ma’lumotlar asosida o‘sish sur’atining joriy tendensiyasi kelasi yilda ham saqlanib qolishi kutilyapti. Bu holat davlat rivojlanish dasturlarini moliyalashtirish uchun jalb qilinayotgan yangi qarzdorliklar bilan tushuntirilishi mumkin , deyiladi hisobotda.

2018 yili xususiy sektor tomonidan umumiy miqdorda 866,1 mln. dollar qarzdorlik jalb qilindi. Qarzdorlikni jalb qilish asosan banklar tomonidan 588 mln. dollar, neftegaz va energetika sektori korxonalari tomonidan 76 mln. dollar, tekstil sohasidagi korxonalar tomonidan 57 mln. dollar va iqtisodiyotning boshqa sektori korxonalari tomonidan 145,1 mln. dollar amalga oshirildi.

Shuningdek, ko‘rilayotgan davr uchun xususiy tashqi qarz bo‘yicha 1,3 mlrd. dollar miqdorda asosiy qarz va 366,6 mln. dollar miqdorda foiz to‘lovlari amalga oshirildi, davlat tashqi qarzlari bo‘yicha esa mos ravishda 397,7 mln. dolllar va 151,3 mln. dollar to‘landi.

Shu bilan birga, asosiy qarz so‘ndirilishining asosiy qismi neftegaz va energetika sektorlariga (862,2 mln. dollar), shuningdek bank sektoriga (192,8 mln. dollar) va telekomunikasiya sektoriga to‘g‘ri keladi. Neftegaz va energetika sektori korxonalari tomonidan 296,7 mln. dollar miqdorida foiz to‘lovlari amalga oshirilgan bo‘lsa, bank sektori tomonidan amalga oshirilgan foiz to‘lovlari 42,6 mln. dollarni tashkil etdi.

Kiritildi: 12:11 31.03.2019. O'qildi: 4881 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!