Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yana kamaydi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yana kamaydi

Markaziy bank 2018 yil 1 oktyabr holatiga O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari haqidagi ma’lumotni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 2018 yil 1 oktyabr holatiga Yalpi oltin valyuta zaxiralari — 26 407,3 million AQSh dollari (2018 yil 1 sentyabr holatiga 26 870,8 million AQSh dollari, o‘tgan oyga nisbatan 463,5 million AQSh dollariga kamaygan), shundan xalqaro valyutadagi aktivlar — 12 454,4 million AQSh dollari, monetar oltin — 13 953,0 million AQSh dollari tashkil qildi.

Sof oltin-valyuta zaxiralari — 25 494,5 million AQSh dollarini tashkil etdi (2018 yil 1 sentyabr holatiga 25 983,0 million AQSh dollari).

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank tomonidan oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.

Sof oltin-valyuta zaxiralari tijorat banklari va davlat boshqaruvi organlarining (Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bundan mustasno) Markaziy bankda ochilgan hisobvaraqlaridagi valyuta mablag‘larini, ya’ni Markaziy bankning ushbu tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini hisobga olmaydi.

Manba: sof.uz

Kiritildi: 07:55 18.10.2018. O'qildi: 1301 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!