Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ilk bor 35 mlrd dollardan oshdi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ilk bor 35 mlrd dollardan oshdi

1 iyun holatiga ko‘ra O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 35,5 mlrd dollardan ortiqni tashkil qildi, deya ma’lum qildi Markaziy bank. Bu may oyidagidan 1,4 mlrd dollarga ko‘p.

Oltin qiymatining ko‘tarilishi zaxiralarning oshishiga asosiy omil bo‘lib xizmat qilgan. May oyida oltin arzonlashdan to‘xtagan va unsiyasining narxi 1900 dollargacha ko‘tarilgan. Solishtirish uchun, aprel oyida unsiyasining narxi 1750 dollar atrofida bo‘lgan edi. O‘zbekistonning xorijiy valyutadagi zaxira aktivlari esa 13 mlrd 679,7 mln dollarni tashkil qilmoqda. Ya’ni may oyiga nisbatan 0,5 mlrd dollarga kamaygan.

Oltin-valyuta zaxiralari mamlakat uchun «himoya yostiqchasi» hisoblanadi. Xalqaro tashkilotlar rivojlanayotgan davlatlarga 3 oylik importni moliyalashtirish uchun yetarli zaxiralarni saqlashni tavsiya qilgan.

O‘zbekistonning amaldagi zaxiralari 20 oylik importni moliyalashtirish uchun yetarli hisoblanadi.

Kiritildi: 18:38 08.06.2021. O'qildi: 2216 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!