Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 1 mlrd dollarga qisqardi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 1 mlrd dollarga qisqardi

O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 1 oktyabr holatiga 34,41 mlrd dollarni tashkil etdi. Sentyabr oyi bilan taqqoslaganda bu ko‘rsatkich 1,02 mlrd dollarga yoki 2,9 foizga kamaydi.

Yo‘qotishlarning yarmi oltinga to‘g‘ri keladi. Bir oy mobaynida uning miqdori 200 ming troy unsiyaga oshdi, lekin uning umumiy qiymati 528 mln dollarga kamaydi. Shundan keyin oltinning bir unsiyasi narxi taxminan 1762 dollardan 1 oktyabrda — 1760 dollarga tushdi. Biroq, hozir qimmatbaho metallarning bir troy unsiyasi narxi 1775 dollarga ko‘tarildi.

Hozirda O‘zbekistonda 21,345 mlrd dollarlik oltin zaxirasi bor — bu 12,3 million troy unsiyani tashkil etadi (taxminan 382,6 tonna, bu o‘tgan oyga qaraganda 6 tonnaga ko‘p).

Kiritildi: 16:43 20.10.2021. O'qildi: 2030 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!