Mamlakatimizning Yevropa qit’asining orol-davlati – Kiprdagi birinchi elchisi etib tayinlangan Abat Fayzullayev Prezident Nikos Xristodulidisga ishonch yorlig‘ini topshirdi.
Tantanali marosimda Kipr yetakchisi yangi elchilarni samimiy qutlab, ularga mas’uliyatli vazifalarini bajarishda muvaffaqiyat tiladi. O‘zbekiston bilan munosabatlar istiqboliga ham to‘xtaldi.
– O‘zbekiston bilan ikki tomonlama, shuningdek Yevropa Ittifoqi doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratamiz, – dedi Prezident.
Eslatib o‘tamiz, Kipr bilan diplomatik munosabat 1997 yil 30 mayda o‘rnatilgan.