Bugun 10 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonning 2 ta universiteti QS reytingida TOP-500 talikka kirdi

A A A
O‘zbekistonning 2 ta universiteti QS reytingida TOP-500 talikka kirdi

Quacquarelli Symonds – QS World University Rankings xalqaro reyting agentligi 2024-yilgi dunyo universitetlarining “Fan sohalari reytingi” (Subject Rankings) natijalarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, “Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti muhandislik va texnologiya hamda atrof-muhit (351-400), O‘zbekiston milliy universiteti esa, matematika fani (451-500) bo‘yicha TOP-500 oliy ta’lim muassasalari qatoridan o‘rin egalladi.

Qayd etish joizki, bu yilgi reytingda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Akademik obro‘” indekatori bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatgichga erishib, 59-o‘rinni egallagan bo‘lsa, O‘zbekiston milliy universiteti matematika fanidan reytingda ilmmetriya ko‘rsatkichlarini oshirib, har bir nashrga havolalar soni, Xirsh indeksi va xalqaro ilmiy hamkorlik indeksi bo‘yicha ijobiy dinamikaga erishdi.

Kiritildi: 09:00 14.04.2024. O'qildi: 1130 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!