Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonliklar uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizalarini olish tartibi soddalashtirilishi mumkin

O‘zbekistonliklar uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizalarini olish tartibi soddalashtirilishi mumkin

Tashqi ishlar vazirligida “VFS Global” xalqaro kompaniyasining MDH va Sharqiy Yevropa mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori SH. Mishra hamda O‘zbekistondagi vakilxonasi rahbari T. To‘ychiyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar jamoaviy guruhlarning arizalari bo‘yicha “VFS Global” xodimlarining sayyor qabullarini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi. Ushbu xizmat to‘lovli asosda amalga oshiriladi va Toshkent hamda Samarqanddagi markazlarga borish imkoniyati bo‘lmagan fuqarolarga viza olishda qulaylik yaratadi.

Shuningdek, 🇨🇦 Kanada, 🇦🇷 Argentina va 🇦🇺 Avstraliya kabi O‘zbekistonda diplomatik vakilxonalari mavjud bo‘lmagan mamlakatlarga vizalarni rasmiylashtirish tartibini soddalashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Akkreditasiyadan o‘tgan konsulliklar mavjud emasligi tufayli bunday hollarda viza rasmiylashtirish ortiqcha vaqt va xarajat talab etadi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston tomoni jarayonlarning bir qismini mamlakatimizga ko‘chirish, jumladan, “VFS Global” mahalliy ofislari orqali biometrik ma’lumotlar topshirish va onlayn suhbatlar o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif etdi.

Kiritildi: 12:15 08.07.2025. O'qildi: 459 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!