Bugun 1 may, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonliklar eng ko‘p tinglaydigan qo‘shiqlar ro‘yxati

O‘zbekistonliklar eng ko‘p tinglaydigan qo‘shiqlar ro‘yxati

Yandeks.Muzika xizmati o‘zbekistonliklar eng ko‘p takroran tinglaydigan qo‘shiqlarni aniqladi.

Xizmat eng ko‘p takrorlanadigan treklar ro‘yxatini tuzdi.

Birinchi o‘rinda xonanda Jahongir Otajonovning Qaddi baland qo‘shig‘i o‘rin oldi.

Ikkinchi o‘rinda Rauf Faik egizak aka-ukalarning Detstvo nomli qo‘shig‘i joylashdi.

Uchinchi o‘rinda Yegor Krid va Filipp Kirkorov Svet nastroyeniya cherniy nomli duet qo‘shig‘i belgilandi.

Shuningdek, Yandeks.Musiqa xizmati takrorlab eshitiladigan top o‘ntaligini tuzdi.

Bu ro‘yxatda yetakchilikni Rauf Faik oldi. Ikkinchi pog‘onada Imagine Dragons guruhi, uchinchi pog‘onada esa HammAli Navai rep-guruhiga nasib qildi.

O‘zbekistonlik Jahongir Otajonov ham shu top ro‘yxatiga kirdi va oltinchi o‘rinni egalladi.

Ushbu xizmat qo‘shiqlarni onlayn va oflayn rejimida tinglash imkonini beradi, O‘zbekistonda o‘tgan yilning dekabr oyida ishga tushirilgan. Respublika aholisi uchun xizmat interfeysi o‘zbek tiliga tarjima qilingan.

Kiritildi: 18:28 01.02.2019. O'qildi: 50748 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!