Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonliklar asosan qaysi kasalliklardan vafot etishi ma’lum bo‘ldi (foto)

O‘zbekistonliklar asosan qaysi kasalliklardan vafot etishi ma’lum bo‘ldi (foto)

O‘zbekiston davlat statitistika qo‘mitasi joriy yilning yanvar-mart oylarida mamlakatdagi o‘lim holatlariga aynan qaysi kasalliklar sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

2019 yilning yanvar-mart oylarida 37,1 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan o‘lim koyeffisiyenti 4,5 promilleni tashkil etdi, 2018 yilning mos davriga nisbatan 0,2 promillega kamaygan (2018 yilning yanvar-mart oylarida 4,7 promille bo‘lgan).

Ushbu davrda qayd etilgan o‘limlarning 63,8 %i - qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,0 %i - o‘simtalardan, 5,2 %i - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 5,1 %i - nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 4,3 %i - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan,1,4 %i - yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 11,2 %i - boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Ro‘yxatga olingan 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soni 1,6 ming nafarni tashkil etib, ularning 52,1 %i - perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 20,3 %i - nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 16,0 %i - tug‘ma anomaliyalardan, 2,1 %i - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 2,1 %i - yuqumli va parazitar kasalliklardan, 0,7 %i - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan va 6,7 %i - boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Kiritildi: 14:16 22.04.2019. O'qildi: 2348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!