Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayevning ma’lum qilishicha, IELTS imtihonidan 5,5 va undan yuqori ball olgan yoshlar soni 2020 yilda 10 152 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda ularning soni 52 706 nafarga yetgan. Ya’ni 5 barobarga o‘sish kuzatilgan.
7-8 ball (C1 daraja) qo‘lga kiritganlar soni 2020 yilda 1807 nafar, 2024 yil holatiga esa 13 424 nafarni tashkil etmoqda. O‘z navbatida bu 7,4 barobarga o‘sish kuzatilganini anglatadi.
8,5-9 ball (C2 daraja) qayd etganlar soni esa 2020 yilda 14 nafar bo‘lgan, 2024 yil holatiga esa ularning soni 332 nafarga yetgan.