Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonlik yana bir yigit Rossiyada qimmatbaho mashina yutib oldi

O‘zbekistonlik yana bir yigit Rossiyada qimmatbaho mashina yutib oldi

O‘zbekistonlik Qozimbek Sobirov rossiyalik bloger Xiza (@khiza_13) o‘zining Instagram sahifasida o‘ynalgan Porsche Cayenne mashinasini yutib oldi. Bu haqda Repost xabar berdi.

Tanlov shartiga ko‘ra, bloger o‘z obunachilari orasida uchta sport-kar o‘ynagan. Tanlovda ishtirok etish uchun Instagram sahifasida #Tachki OtXizi xeshtegi ostita surat joylash kerak bo‘lgan. Bir necha kun ichida ushbu xeshteg ostida 30 mingdan ortiq suratlar joylangan. Shundan so‘ng bloger tasodifiy tanlash yo‘li orqali g‘oliblarni aniqlagan.

Tanlov g‘olibi ma’lum qilinganidan so‘ng o‘zbekistonlik g‘olibning sahifasiga obuna bo‘lgan foydalanuvchilarning soni 11 mingdan oshgan. Biroq ko‘p o‘tmay, uning sahifasiga kirib bo‘lmay qolgan (aftidan, u buzilgan).

Lekin blogerning o‘zi mashinani haqiqatan ham o‘zbekistonlik yigit yutib olganini tasdiqlagan. U mashina topshirilishi bilan bog‘liq tafsilotlarni bir necha kundan so‘ng baham ko‘rishga va’da bergan.

Kiritildi: 16:45 24.04.2019. O'qildi: 3488 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!