O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matematika instituti yetakchi ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari doktori, professor O‘tkir Roziqov Butunjahon fanlar akademiyasi a’zosi etib saylandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Butunjahon fanlar akademiyasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida faoliyat yurituvchi yirik xalqaro ilmiy muassasa hisoblanadi. Bugungi kunga qadar hamyurtlarimizdan uch nafari ushbu tuzilma a’zoligiga saylangan edi. O‘tkir Roziqov esa ularning to‘rtinchisi bo‘ldi.
Olim dunyoning o‘nlab mamlakatlari oliygohlarida ma’ruzalar o‘qimoqda, monografiyasi dunyoning 200 dan ortiq universitet va ilmiy markazlari kutubxonalaridan o‘rin egallagan.
Ayni kunda ilmiy natijalari jahon miqyosida e’tirof etilgan, iqtidorli olim O‘tkir Roziqov Buxoro davlat universitetida 5 noyabrdan 17 noyabrga qadar Matematika kafedrasi pedagog o‘qituvchilar uchun ma’ruza o‘qimoqda.