Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonlik futbolchi karantin vaqtida muhtoj oilalarga 100 mln so‘m xayriya qildi

O‘zbekistonlik futbolchi karantin vaqtida muhtoj oilalarga 100 mln so‘m xayriya qildi

BAAning «Sharja» klubi va O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Otabek Shukurov koronavirus tufayli yuzaga kelgan vaziyatda qiyin ahvolda qolgan oilalarga yordam berish maqsadida 100 million so‘m ajratdi.

Shukurov o‘zi tug‘ilib o‘sgan Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanidagi kam ta’minlangan oilalarga yordam qo‘lini cho‘zdi, deya xabar qilmoqda «Championat.asia». Otabek 100 million so‘mga kunlik ehtiyoj uchun kerak bo‘ladigan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilgan va uni karantin davrida ishsiz qolgan muhtojlarga tarqatadi.

Avvalroq «Qizilqum» klubi 10 ming dona tibbiyot niqoblarini Navoiyning gavjum joylari va mehribonlik uyida bepul tarqatgan edi.

Kiritildi: 10:28 28.03.2020. O'qildi: 4197 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!