Bugun 25 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonga o‘ta issiq ob-havo kelmoqda

A A A
O‘zbekistonga o‘ta issiq ob-havo kelmoqda

O‘zbekistonga Eron va Turkmaniston tomonidan o‘ta issiq ob-havo oqimi yaqinlashmoqda, deb xabar qildi O‘zgidromet.

"7-10 iyul kunlari Respublika hududida g‘ayritabiiy issiq ob-havo kelishi kutilmoqda. Ushbu kunlarda havo harorati ko‘p yillik o‘rtacha havo haroratidan 5 - 7 daraja issiq bo‘ladi”, - deyilgan xabarda.

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo 44-45 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda. Garmsil shamoli bo‘lishi mumkin.

Issiq harorat tufayli Tojikiston va Qirg‘iziston respublikasiga yaqin bo‘lgan tog‘li hududlarda sel oqimi kelish ehtimoli bor.

 

Kiritildi: 17:38 04.07.2018. O'qildi: 2701 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik