Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonga Braziliyadan sinov uchun Chevrolet Onix avtomobillari olib kelindi

O‘zbekistonga Braziliyadan sinov uchun Chevrolet Onix avtomobillari olib kelindi

Braziliyadan O‘zbekiston sharoitida sinovdan o‘tkazish va salohiyatli xaridorlar fikrini o‘rganish maqsadida bir nechta nusxada Chevrolet Onix avtomobillari olib kelindi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga ma’lum qildi.

«O‘zbekiston yo‘llarida tashilayotgan vaqtda qayd etilgan Chevrolet Onix avtomobillari batafsil o‘rganish uchun bir nechta nusxada sotib olingan sinov namunalari hisoblanadi. Mazkur nusxalar mahalliy iqlim sharoitida sinovlar o‘tkazish va salohiyatli xaridorlar fikrini o‘rganish uchun sotib olingan», - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil dekabrda UzAuto Motors 2020 yilda yangi Chevrolet Tracker asosini ham tashkil etuvchi Global Emerging Markets (GEM) yagona platformasida Shevrolet Onix va boshqa yangi modellarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qilgan edi.
 

Kiritildi: 13:41 22.02.2021. O'qildi: 3038 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!