Bugun 29 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistondan Janubiy Koreyaga yana bir aviakompaniya ilk parvozni amalga oshirdi

O‘zbekistondan Janubiy Koreyaga yana bir aviakompaniya ilk parvozni amalga oshirdi

Bugun O‘zbekistonning "Qanot Sharq" aviakompaniyasi Toshkent – ​​Inchon – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ilk muntazam parvozini amalga oshirdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Endilikda "Qanot Sharq" aviakompaniyasi haftasiga ikki marotaba (Dushanba/Payshanba) muntazam yo‘lovchi qatnov reyslarini amalga oshiradi.

100 yo‘lovchidan iborat "Airbus" A-321 samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 09:30 da Inchon xalqaro aeroportga kelib qo‘ndi (Toshkentda – 5.30). Mazkur aviakompaniya xizmatlaridan foydalangan janubiy koreyalik yo‘lovchilar parvozdan mamnun ekanliklarini va mavjud aviakompaniyalar safining kengayishi O‘zbekistonga turistlar sonining ortishiga xizmat qilishini ta’kidladilar. Hozirgi kunda Toshkent–Inchon–Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab haftasiga 11 reys ("Uzbekistan Airways" – 7 ta va "Asiana Airlines" – 4 ta) amalga oshirilib kelinmoqda.

Kiritildi: 17:28 17.06.2024. O'qildi: 756 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!