Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistondagi uylarning zilzilaga bardoshliligiga buyurtmachi javob beradi — Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

O‘zbekistondagi uylarning zilzilaga bardoshliligiga buyurtmachi javob beradi — Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida jurnalistning “Bizda qurilayotgan uylar qanchalik zilzilaga bardoshli, tajribalar o‘tkazilganmi? Necha ballgacha «garantiya» bera olasizlar?”, mazmunidagi savoliga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosarining javobi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Qurilish vazirligining ta’kidlashicha, taqdim etilgan videolavhada gap qurilishda javobgar avvalo, buyurtmachi ekanligi xususida bormoqda. Boisi buyurtmachi texnik nazorat bo‘yicha mutaxassisni biriktiradi yoki ushbu faoliyat turini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxsni shartnoma asosida jalb qiladi.

Shaharsozlik kodeksining 5-bob, 26-moddasida qurilishni nazorat qilishda funksional majburiyatlar belgilab qo‘yilgan. Bunda shaharsozlik faoliyati sub’ektlari tomonidan qurilishga tayyorgarlik ko‘rish va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish hamda qurilish-montaj, ishga tushirish, sozlash ishlarini bajarish qat’iy nazorat qilinadi. Shuningdek, ob’ektni foydalanishga qabul qilib olish davrida shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga hamda shaharsozlik norma va qoidalari talablariga rioya etilishi tekshiriladi.

Ob’ektlarni qurish chog‘ida qurilish ustidan davlat nazorati, buyurtmachining texnik nazorati, ishlab chiquvchining mualliflik nazorati va pudratchining ichki nazorati bo‘lishi talab etiladi. Belgilangan qonunchilikka ko‘ra, bino va inshootlarning zilzilabardoshliligiga ta’sir qiluvchi, shuningdek, fuqaro hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soluvchi konstruktiv qoidabuzarliklar aniqlangan hollarda qurilish-montaj ishlari to‘xtatib qo‘yiladi hamda demontaj ishlarini amalga oshirilishi talab qilinadi.

Agar sifatsiz qurilish materiallari, konstruksiyalar hamda buyumlar qo‘llanilgan bo‘lsa, ularni ishlab chiqarishni, realizasiya qilish hamda qo‘llashni to‘xtatib turish haqida tegishli davlat organlari va tashkilotlarga taqdimnomalar yuboriladi.

Bu jarayonlarda qurilishda nazorat inspeksiyasi tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, ilmiy-texnik va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari ekspertlari ishtirokida davlat nazorati tartibida tekshiruvlar o‘tkaziladi.

Jumladan, ob’ektdagi ichki nazorat ishlari pudratchi tomonidan kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish maqsadida amalga oshirilishini eslatib o‘tmoqchimiz.
Fuqarolik kodeksining tegishli moddalarida qurilish ishlarida sifatga kafolat berish hamda ular lozim darajada bajarilmagan taqdirda pudratchining javobgarligi ham belgilab qo‘yilgan.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, loyiha tashkilotlari tomonidan qurilishlar hududning belgilangan seysmik baliga ko‘ra (7, 8, 9 ) rejalashtirilgan holda loyihalashtiriladi. Ekspertiza organlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarda ob’ektning loyiha smeta hujjatlari, yig‘ma ekspertiza xulosasi (bunda yong‘in xavfsizligi va seysmik bardoshliligi inobatga olinishi zarur) olinadi.

Kiritildi: 13:48 08.02.2023. O'qildi: 2029 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!